Yarmarka: arzon va sifatli

Date:

Bandixon tuman markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan. Mazkur yarmarka tuman aholisi uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini hamyonbop narxlarda sotib olish imkonini bermoqda.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tuman markazidagi “Bandixon dehqon bozorida” boʻlib, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida chorvachilik, parrandachilik, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjud arzonlashtirilgan savdo yarmarkasini hamda bozordagi narx-navo barqarorligi o‘rganib, savdo rastalari holatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, bozor hududida tashkil etilgan savdo yarmarkasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini sunʼiy ravishda oshirmaslik hamda sifatli mahsulotlarni sotilishi, narxni nazorat qilish va mahsulotlar sifatiga eʼtibor qaratish, bozorlarda tozalik va osoyishtalikni saqlash borasida mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun