Loyiha amaliy bosqichda

Date:

Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov va hindistonlik investorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hududidagi “Shimoliy Bobotog‘” va “Janubiy Bobotog‘” kon maydonlarini o‘zlashtirish hamda misni qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik loyihaning borishi muhokama qilindi.

2018–2022-yillarda Uzun tumani Bobotog‘ hududida olib borilgan dastlabki geologik-qidiruv ishlari natijasida jami 5 402 gektar maydonda mis va kumushga istiqbolli konlar aniqlangan. Shundan 2 047 gektar (“Shimoliy Bobotog‘” – 1047 gektar, “Janubiy Bobotog‘” – 1000 gektar) kon 2022-yil yanvar oyida auksion savdolari orqali hindistonlik investor – “Glocoal Evroasia” MCHJ tomonidan yutib olingan.

Ushbu loyihaga 2026-yilgacha 650 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2025-yilda asosiy bosqichda 70 million AQSH dollari sarmoya jalb qilinadi. Loyiha doirasida 2000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga katta turtki beradi.

Uchrashuv davomida tomonlar loyihaning hozirgi holati, zarur infratuzilma va kadrlar tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqishdi. Mazkur loyiha nafaqat mintaqa iqtisodiyotiga, balki xalqaro sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun