Taklif va tashabbuslar muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Fransiya, Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston va Xitoy davlatlaridan tashrif buyurgan investorlar delegatsiyalarini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda viloyatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Fransiyaning “Stone City Energy”, Hindistonning “Glocal Euroasia”, Afg‘onistonning “Afghan German Company”, Pokistonning “NajeeB Fibers” LLC hamda Xitoyning “Teca Technology Wuhan Company Limited”, “Henan Dazhou Machinery Equipment Co., Ltd”, “Bedley Hong Kong International Limited”, “Horgos Hongheyuan International Trade Co., Ltd” kompaniyalari vakillari bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi. Muzokaralarda investorlarning bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi, mis qazib olish va qayta ishlash klasteri tashkil etish, ko‘p qavatli turar joy majmualari barpo etish, ip-kalava, mato hamda tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarish, mis hamda ko‘mir qazib olish va qayta ishlash loyihalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda mazkur kompaniyalar bilan qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelgusidagi qadamlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun