Muammosi hal, uy-joyi obod…

Date:

Surxondaryo viloyatida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj 141 nafar xotin-qizning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, jumladan, 28 ta oila uchun yangi uy-joylar qurish, 113 ta oilaning mavjud turar joylarini ta’mirlash ishlari olib borilayotganidan xabaringiz bor.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida mazkur vazifalar ijrosini o‘rgandi. Xususan, tumanning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Hayitgul Shernazarov va Gulbahor Quvondiqovalarning xonadonida bo‘lib, turar joylarining ta’mirlanishini ko‘zdan kechirdi hamda oilalarning muammolarini o‘rgandi. Shuningdek, mas’ullar manzilli ro‘yxat asosida xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash tadbirlari ijrosi yuzasidan axborot berdi. Mas’ullarga oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va munosib hayot sharoiti yaratish yuzasidan aniq vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun