Kelishuv manfaatli bo‘ldi

Date:

Surxondaryo viloyatida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, umumiy qiymati 10,7 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan 37 ta yirik investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalar tog‘-kon, geologiya, energetika (9 ta), savdo va xizmat ko‘rsatish (12 ta), sanoat (6 ta) hamda qishloq xo‘jaligi (10 ta) sohalarini qamrab oladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur investitsiya dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining 6 ta yirik kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Xususan, “Watchman Group” vakili Jeyms Syao, “Oriental Credits Industrial Development Co. Ltd” raisi Xu Chunxua, “Bangsheng Group” prezidenti Ma Zaisheng, “Xi’an LASIS Semiconductor Technology” bosh ijrochi direktori Ju Bingbao, “Shandong Huada Construction Group Inc.” prezidenti Van Yongchao va boshqa rasmiylardan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida quyosh fotoelektr stansiyalari qurish, ko‘mirni qayta ishlash, kogeneratsiya texnologiyalari orqali elektr energiyasi va sintetik gaz ishlab chiqarish, tog‘-kon metallurgiyasi, sanoat tarmoqlari hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida 6 ta kompaniya bilan qator loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya jalb qilish va qurilish ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun