“Bahorni quvib” kinokartinasi e’tirof etildi

Date:

Xitoyning Chunsin shahrida SHHTga a’zo davlatlar kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festivalda o‘zbek rejissori Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib” filmidagi ijrosi uchun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

 Shuningdek, kinofestival doirasida SHHTga a’zo davlatlarning kino sohasidagi hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan maxsus forum ham tashkil etildi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar kino sohasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Kino sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, birgalikda yangi kino loyihalarini ishlab chiqish va bu hamkorlikni tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.  Bundan tashqari, anjuman ishtirokchilariga O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ilk bor suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Meni kutgin” nomli yangi xalqaro kinoloyiha haqida ham ma’lumot taqdim etildi. Tadbir yakunida O‘zbekiston tomoni qo‘shma kinoloyihalarni yaratish va kelgusida SHHT makonida keng qamrovli hamkorlikni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun