21 mingdan ortiq kadastr pasporti tayyorlandi

Date:

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib ijrosi ta’minlanadi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan jami  33 348 kadastr pasporti shakllantirish yuzasidan arizalar kelib tushgan. Shundan 10 326 tasi nizoli holatlar borligi, ko‘rsatilgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi suvli yer maydonida turganligi, oldi-sotdi shartnomasida manzil noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi va boshqa sabablarga ko‘ra rad etildi, murojaatlarning 1 364 tasi ko‘rib chiqilmoqda,  642 tasining to‘lovi kutilmoqda, 21 016 tasi esa yakunlangan.

— Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng ko‘p murojaat viloyatning Termiz shahri aholisidan kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar 6 554 tani tashkil qilgan. Kadastr hujjatlarini tayyorlash hududlar kesimida tahlil qilinganda, Termiz shahrida 4 542 ta, Angor tumanida 1 207 ta, Denov tumanida 3 072 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 1 745 ta, Muzrabot tumanida 780 ta, Oltinsoy tumanida 602 ta, Qiziriq tumanida 1 339 ta, Qumqo‘rg‘on tumani 1 115 ta, Sariosiyo tumanida 1 340 ta, Sherobod tumanida 856 ta, Sho‘rchi tumani 999 ta, Termiz tumani 1 630 ta va Uzun tumanida 951 ta yer uchastkalari hamda ko‘chmas mulklarga kadastr pasporti tayyorlab berilgan, – deydi Boshqarma matbuot xizmati rahbari B.Safarov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun