YTTB O‘zbekistonga mablag‘ ajratadi

Date:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Suv xo‘jaligi vazirligiga nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish uchun 250 million AQSh dollarigacha kredit ajratadi. Mablag‘lar mamlakatning 10 ta hududidagi 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini yangilashga yo‘naltiriladi.

Natijada, yillik elektr energiyasi iste’molining 251 ming MVt/soatga kamayishi va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid miqdorining 117 ming tonnadan ko‘proqqa qisqarishi kutilmoqda. Bundan tashqari, loyiha doirasida tegishli infratuzilma yangilanadi, jumladan, nasos stansiyalarining tomlariga quyosh panellari o‘rnatiladi.

Bugungi kunda bankning O‘zbekistondagi investitsiya portfeli umumiy qiymati 5,6 milliard yevro bo‘lgan 181 ta loyihadan iborat bo‘lib, mablag‘larning katta qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ketma-ket beshinchi yil YTTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiyalari manzili bo‘lib qolmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun