Foydali va mazmunli

Date:

Boshlagan taʼtil qiziqarli va foydali maqsadlarga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatli. Termiz shahrida tashkil etilgan Yozgi kasblar markazi esa bu yoʻldagi eng yaxshi tanlovdir. Markaz faoliyatida Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda. Maqsad esa bitta o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir.

Shu sababdan ham turli sohalarni qamrab olgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san’at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda. To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.

Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun