Yozgi ta’tilda kutubxonada

Date:

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz shahridagi umumta’lim maktablari oʻquvchilarini viloyat bolalar kutubxonasida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish hamda kutubxonadan keng foydalanish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
Termiz shahridagi 6-umumta’lim maktab oʻquvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar. “Yur, birgalikda hikoyalar olamiga sayohat qilamiz!” shiori ostida oʻtgan ekskursiya davomida kichik adabiy tadbir ham o‘tkazildi.
Oʻquvchilar navbat bilan sevimli shoirlarning she’rlarini yoddan aytishdi. Kutubxona fondi, undagi badiiy va ilmiy kitoblar, oʻzbek va jahon adabiyoti xazinasidan saralab olingan asarlar bilan tanishtirildi hamda kompyuter xizmatlaridan foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi.

Oldingi sahifaBog‘cha xizmayga shay
Keyingi sahifaFoydali va mazmunli

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun