Zargarlik: milliy brendimizga ega bo’lamiz

Date:

Surxondaryo viloyatida zargarlik sohasini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz xalqaro savdo markazida joylashgan “Termez Gold Production” MCHJning zargarlik buyumlari ishlab chiqarish korxonasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov soha vakillari — ishlab chiqaruvchilar, zargarlar va tilla buyumlari sotuvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda sohada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, milliy brendni shakllantirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, shuningdek, narx-navo barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mavjud muammolar va ularning yechimlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning taklif va murojaatlari eshitilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun