Sportni sev, sport-la yasha

Date:

Viloyat prokuraturasi sport maydonchasida minifutbol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka bo‘yicha “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida “viloyat prokurori kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Viloyat prokuraturasi organlari, departament va byuroning hududiy boshqarma (bo‘lim)larining 150 nafarga yaqin xodimi ishtirok etgan ushbu tadbirda viloyat prokurori B.Babadjanov barchaga omad tilab, musobaqaga start berdi.
Xususan, sportning mini futbol turi bo‘yicha 72 nafar xodim qamrovidagi 8 ta jamoa o‘rtasida qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlarda Boysun, Muzrabot, Sherobod tumani prokuraturalari xodimlaridan tarkib topgan jamoa faxrli birinchi o‘rinni egallab, viloyat prokurori kubogini qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, sportning stol tennisi bo‘yicha departamentning hududiy boshqarmasi xodimi F.Otamurodov, shaxmat va shashkada viloyat prokuraturasi xodimlari S.Raxmonov E.Ortiqovlar faxrli birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Musobaqa yakunida g‘oliblariga pul mukofoti, diplom hamda medallar tantanali topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun