“Mirzo Ulug‘bek vorislari”: Faxriddin munosib nomzod

Date:

Tibbiyot va biotexnologiya sohasida o‘z yo‘lini topishga harakat qilib, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlardan biri — Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabasi, yosh tadqiqotchi Faxriddin Shaymardonovdir. Uning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi, ustozlari bilan olib borayotgan ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari ko‘plab tengdoshlariga namuna bo‘la oladi.
Yosh izlanuvchi yaqinda bo‘lib o‘tgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichida o‘zining ilmiy loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, respublika bosqichiga yo‘lanmani qo‘lga kiritdi. Bu yutuq – uning ilmga, tadqiqotga bo‘lgan chin dildan intilishi va ustozi Tibbiy fundamental kafedrasi mudiri Oybek Ro‘ziyev bilan olib borayotgan samarali ilmiy izlanishlarining natijasidir. Faxriddin ayni paytda biotexnologiyalar orqali kasalliklarni tezroq va samarali davolash usullarini tadqiq etish yo‘nalishida izlanish olib bormoqda. Xususan, u yaratgan tibbiyot plasteri qandli diabet, qon bosimi oshishi kabi kasalliklarni davolashda, shuningdek, oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilashda qo‘l keladi..
— Bundan tashqari, universitetimiz qoshida “MedCampus Academy”
markazini tashkil etish loyihasi ustida ustozim bilan birga ish olib boryapmiz, — deydi Faxriddin Shaymardonov. — Ushbu loyiha – TISU tibbiyot fakulteti talabalari uchun nazariy bilim va amaliy tajribani oshirishga qaratilgan noyob platformadir. “MedCampus Academy” doirasida talabalar uchun turli kurslar, seminarlar, testlar, tibbiy olimpiadalar va magistraturaga tayyorgarlik materiallari taqdim etiladi. Loyihada, shuningdek, xorijiy tibbiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va talabalar o‘rtasida yetakchilarni saralab olish kabi maqsadlar ham belgilangan. Bu esa talabalar salohiyatini oshirish, ularni ilm-fan va amaliyotda faol ishtirok etishga undashga xizmat qiladi.
Faxriddin “Mening O‘zbekistonim”, “Surxondaryo bo‘yicha turistik gid”, “Surxondaryoning turistik merosi” nomli kitoblar muallifi sanaladi. Qolaversa, uning 20 ga yaqin maqolalari chop etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...
KunTun
KunTun