Xodim ishga tiklandi

Date:

Bandixon tumani “Birdamlik” mahallasida yashovchi Azamat Xudoynazarov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashiga ish beruvchining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, o‘z vazifasiga ishga tiklab, majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun oylik ish haqlarini, yetkazilgan ma’naviy zararlarini hamda dars soatlari bilan ta’minlashni so‘rab murojaat qilgan. Murojaat mehnat huquq inspektori tomonidan joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan holatlarga ko‘ra, A.Xudoynazarov, 2019-yil 2-noyabrdan boshlab Qiziriq tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga (hozirgi Bandixon tumanidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi) boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi etib ishga qabul qilingan. (Buyruq №100 02.11.2019 yil). 2024-2025 o‘quv yili uchun maktabning 2024-yil 30-avgustdagi metod birlashma yig‘ilishida A.Xudoynazarovga jami 19 soat dars soatlari berilgan, ammo metod birlashma a’zolari rozi bo‘lmagan deb, ish beruvchi uni dars soatlari bilan ta’minlanmagan va ishga sababsiz kelmagan deb, mehnat munosabatlarni bir marotaba qo‘pol ravishda buzganligi, ya’ni ichki mehnat tartib qoidalarining 2,28-bandlarini buzganligi uchun tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilgan. (Buyruq 3119-8-211-DUM/2024 21.11.2024-yil).
Ish beruvchi A.Xudoynazarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ygan. A.Xudoynazarov boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelib, metod birlashmasi tomonidan 2024-2025 o‘quv yili uchun 19 soat dars soati bilan ta’minlashga tavsiya qilingan bo‘lsa-da, ammo maktab direktori unga dars soatlari berishni rad qilib, xatoliklarga yo‘l qo‘ygan. Bunday holatda jabrlanuvchi hech qanday mehnat munosabatlarni buzmagan hisoblanadi.
Ish beruvchi A.Xudoynazarovni ishga tiklashga to‘sqinlik qilgani uchun, uning manfaatini ko‘zlab “Ishga tiklash, oylik ish haqlarini va ma’naviy zararlarini undirish hamda dars soatlari bilan ta’milash majburiyatini yuklash to‘g‘risidam”gi da’vo arizasi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudiga murojat etilib, da’vo qanoatlantirildi. A.Xudoynazarov o‘z ishiga tiklanib, majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun 33 440 226 so‘m oylik ish haqlari, 5 573 371 so‘m ma’naviy zarar undirib berildi.

Zarif Xolov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashi mehnat huquq inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammoga zamonaviy yechim bor

Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida...

Uchrashuv

Oktyabr oyi bo‘lishiga qaramay, kun juda issiq, g‘ir etgan...

Ovozi baralla yangradi

San’atning sehri, jozibali ohanrabosi bor. Ayniqsa, milliy san’atimiz, xalq...

USTOZ – KOMILLIKKA YETAKLAYDI

Ustoz — millatni ulug‘likka yetaklaydi, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiradi....
KunTun
KunTun