“Toza havo” tadbirlarida faol bo‘laylik

Date:

Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri — har yili ikki bosqichda o‘tkaziladigan “Toza havo” ekologik tadbiridir.
An’anaga ko‘ra, “Toza havo” tadbirlari 10-apreldan 10-maygacha va 10-avgustdan 10-sentabrgacha bo‘lgan davrlarda o‘tkaziladi. Ayni paytda Surxondaryo viloyatida ushbu oylikning birinchi bosqichi jadal davom etmoqda. Tadbirlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilib, butun hudud bo‘ylab yo‘l harakati ishtirokchilarining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilmoqda.
Oylik doirasida “Manguzar” patrul post maskanida tashkil etilgan tadbirda avtomashinalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, haydovchilarga tushunchalar berilayotir. Barcha haydovchilardan o‘z transport vositalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashlari, ekologik talablarga javob beradigan yoqilg‘i sarfi va chiqindi gaz miqdoriga alohida e’tibor qaratishlari so‘ralmoqda. Bu nafaqat atrof-muhit, balki o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun ham muhimdir.

Temur G‘oyibnazarov,
Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun