Kutubxona kitoblar bilan boyidi

Date:

Kutubxona kitobxon yoshlarning sevimli maskani. Albatta, u yerdagi barcha o‘qishli asarlarni o‘qib, ma’naviy olamlarini kengaytirib borishadi. V respublika “Kitobxonlik haftaligi” bahonasida Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga 500 dona yangi kitob sovg‘a qildi. Bu esa yuqorida aytganimiz kabi kitobxon yoshlarni quvontirishi, yangi asarlar, yangi taassurotlar olishga boshlashi tayin.
Yangi kitoblar kutubxona fondini boyitib, mutolaa qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi va aholi, xususan, yoshlar uchun beqiyos xazinadir. Shu bilan birga, kitoblar orqali xalqimizning yuksak ma’naviy qadriyatlari va adabiy an’analari davom ettiriladi. Bu kabi tashabbuslar, nafaqat shahardagi kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, balki jamiyatimizda o‘qish va ilmga intilish madaniyatini shakllantiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...

Surxon suv ombori yangi sayyohlik manziliga aylanadi

Surxon suv ombori nafaqat suv resurslari, balki betakror tabiati...

Lutf odobi — qalb ehtiyoji

Ba’zan insonning kayfiyatini katta bir voqea emas, oddiygina bir...
KunTun
KunTun