“Kitob aksiyasi”da barcha faol

Date:

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar Jarqo‘rg‘on tuman Axborot-kutubxona markazida ham boshlab yuborildi. Ana shunday tadbirlardan navbatdagi “Kitob aksiyasi” barchaning e’tiborini tortdi.
Aksiya tumanning markaziy hududida tashkil etilib, keng jamoatchilik, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari, yoshlar, nuroniylar hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi. Asosiysi, tadbir davomida turli yosh toifalariga mo‘ljallangan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va tarbiyaviy adabiyotlar targ‘ib qilindi.
Kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirish, o‘quvchilarni mustaqil mutolaaga undash, shuningdek, yosh avlod qalbida ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan bunday tadbirlar, albatta, har birimizni kitobxon avlodni shakllantirishdek maqsadga yetaklaydi. Ishtirokchilari tomonidan ijobiy taassurotlar va samimiy minnatdorchiliklar esa bu kabi loyihalarning ahamiyati naqadar yuksak ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun