Vazir tashabbusi amalda

Date:

Ona sayyoramizni asrashni bolalikdan boshlamoq lozim. Uyimizni toza tutish, gul-u daraxtlarga suv qo‘yish, suvni isrof qilmaslik uchun jo‘mrakni burab qo‘yishni boshlagan kunimizdan bizni iste’molchi sifatidagi madaniyatimiz shakllana boradi. Bora-bora duch kelgan joyga chiqindi tashlamaslikka, atrofni iflos qilmaslikka, jonivorlarga ozor bermaslig-u yashillikni sindirmaslikka o‘rgana boramiz. Chiqindilarni saralaymiz, toki ular ikkinchi hayotini boshlashi, qayta foydalanishga kiritilishi uchun qulaylik bo‘lsin. Har qalay e’tiborsizlik, loqaydlikdan mehnatsevarlik yaxshi-da.
Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri esa bu borada eng yaxshi tashabbusni boshlab bergan edi. Ushbu amaliyot Denov tumanidagi ta’lim muassasalarida ham joriy etilayotgani quvonarli. Jumladan, ushbu tashabbus Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasida qiziqish uyg‘otdi va maktab hududida plastik chiqindilar to‘plash uchun maxsus joy tashkil qilindi. YA’ni ta’lim muassasalarida plastik chiqindilar alohida ajratilib, ular mablag‘ evaziga qayta ishlash korxonalariga topshiriladi.
Ishonamizki, atrof-muhit tozaligini ta’minlash bilan birgalikda daromad ham keltiruvchi ushbu tashabbus viloyatimiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilib, yoshlarimiz diyorimiz obodligiga o‘z hissasini qo‘shish bilan birga foyda ko‘rishadi. Ezgulik ulashish inson bahri dilini ochadi, yaratuvchanlikka, yaxshi amallarga boshlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun