Kasbimga mehrim o‘zgacha

Date:

Hamshiralik kasbiga bo‘lgan qiziqishim bolaligimdan hamrohim. Oppoq xalat kiyib, insonlarga yordam berish haqidagi orzular butun bolaligimni yorita olgan mash’ala edi. Shifo ulashish istagi xotirjamlik, yuzimga tabassum baxsh etgan.
Shu ishtiyoq bilan ulg‘ayib, maktabni, Termiz tibbiyot bilim yurtini ham tamomladim. Viloyat Teri-tanosil dispanseri laboratoriya bo‘limiga laborant vazifasiga ishga qabul qilingan kunimni o‘zgacha entikish ila eslayman. Ish-faoliyatimni boshlagan ilk kunimdanoq menga ustozlik qilgan
Orol Lukov laboratoriya ishlari va yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiruvlarning sir-asrorlarini sidqidildan o‘rgatdi. Shoshmashosharlikni qoralab, ishda mukammallikka intilishni qulog‘imizga quyardilar. Zero, ustozim aytganidek, ish jarayonida barcha tahlillarni aniq tekshirish katta ahamiyatga ega. Murojaat qilib kelgan bemorlar bilan yaxshi muomalada bo‘lish kerakligini, tahlil natijalari bemor va shifokor o‘rtasida sir saqlanishi lozimligini faoliyatimiz davomida angladim va ko‘p yillik tajribam davomida ana shunday kasbiy va etikaga oid qarashlarga amal qilib kelmoqdaman.
Bizning bo‘limda inson teri kasalliklari, zamburug‘li kasalliklar, shu bilan birga klinik, bioximik tahlillar hamda jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar, zaxm, so‘zak, trixomanioz, xlamediya kasalliklari uchun tahlil olinib, o‘z vaqtida sifatli tekshirib beriladi.
Ish-faoliyatim davomida ustoz-shogird an’analarini davom ettirgan holda yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatib, yangi texnikalarda laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish maqsadida zamonaviy ilmlarni o‘rganib kelmoqdaman.
Qon tahlillari musbat natija berganda chuqurlashtirilgan zamonaviy tahlillar olinib tekshiriladi va dispanser nazoratiga olinib, davo muolajalari olib boriladi. Bizning sohada muntazam bilim-malakasini oshirish katta ahamiyatga ega. Shu bois ham, kasbimiz har soniya izlanishni talab qiladi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish esa ishimiz sifatini oshirayotir.

Matluba KACHALOVA,
Viloyat teri-tanosil dispanseri laboratoriya bo‘limi laboranti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mebeli bambukdan

Sho‘rchi tumanidagi “Best Faxr Mebel” korxonasi ishga tushdi. Korxonada...

G‘ALABAGA HALOL YO‘L BILAN

Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahri kurash ishqibozlarini chorladi. Yuragida o‘ti,...

Futbol akademiyasi qurilmoqda

Futbolda yurtimizda yangi sahifa ochildi. Bu esa futbol ishqibozlarini...

G‘oliblar finalga chiqadi

Yoshlarning bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazish maqsadida tez-tez “Zakovat”...
KunTun
KunTun