FIRIBGAR JAZOSINI OLDI

Date:

Har bir fuqaro qancha oylik maosh olishidan, tadbirkor qancha miqdorda foyda ko‘rishidan qat’i nazar olayotgan daromadimizdan ma’lum miqdorda soliq to‘laymiz. Albatta, biz to‘layotgan soliqlar yurtimiz rivojiga, ijtimoiy xizmatlarga, pensiya va nafaqa bo‘lib, o‘zimiz va yaqinlarimizga ajratiladi. Demak, biz ham davlatning kichik bir bo‘g‘ini sifatida uning yuksalishi uchun o‘z hissamizni qo‘shyapmiz.
Ammo hamma ham mana shunday daxldorlik hissi bilan yashamaydi. Daromadini yashirishga urinadi, faqat o‘zi va nafsini o‘ylaydi…
Mohira Muqimova ham sheriklari Ziyoda va Tamaralar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bilan ana shunday maqsadni emas, manfaatni ko‘zlab tadbirkorlikka qo‘l urdilar — MCHJ tashkil qilishdi. Mohira Ziyoda va Tamaralarni MCHJga rahbar etib tayinladi-yu, birinchi imzo huquqini o‘zida qoldirdi va jamiyatni norasmiy ravishda boshqarib yurdi. Bu ham yetmagandek, noqonuniy yo‘llar bilan moddiy boylik orttirib, vakolati doirasidan chiqqan holda shartnomalar imzoladi. 6 yillik faoliyati davomida 25 milliard so‘mdan ortiq miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 462-moddasi 9-bandiga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida soliq hisobotlarini topshirishi va soliqlarni to‘lashi lozim bo‘lsa-da, korxonalar tomonidan topshirilgan soliq hisobotlarida korxonani aylanmadan to‘lanadigan soliq to‘lovchisi sifatida ko‘rsatib, ushbu haqda hisobotlar topshi-rib, MCHJning 228 850 100 so‘m-lik soliq to‘lovlarini yashirib, ko‘p miqdordagi foyda soliq to‘lovi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlab, davlat byudjetiga zarar yetkazishdi.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, har qanday chalg‘ituv, firiblar tekshiruvlar jarayonida ochiqlandi. Keltirilgan zarar davlat foydasiga undirilib, firibgar tegishli jazoni oldi. Ha, yengilning ostidan, og‘irning ustidan o‘tib, oson yo‘l bilan foyda ko‘rishning oqibati mana shunday bo‘ladi. Bunday qilmishlar zora, boshqalar uchun ham saboq bo‘lsa, qing‘ir ishlardan qaytara olsa…

SH.KUNDUZOV,
Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori
A.ASHUROV,
Viloyat prokuraturasi
bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun