Yaxshidan bog‘ qolar

Date:

Bugungi kunda “Yashil makon”, “Yashil belbog‘” loyihalari doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Qaqroq, e’tibordan chetda qolgan yerlar ham yumshatilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari qadalib, bog‘-u bo‘stonga aylantirish harakatlari qizg‘in tus olgan. Bunda yosh-u keksa, u qay soha vakili bo‘lishidan qat’i nazar ona sayyoramizni yashillikka burkash maqsadida qo‘lni qo‘lga berib, bahamjihatlikda ishga kirishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan o‘qituvchi-pedagoglar tumandagi 20 ta umumta’lim maktabini metodik qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirish, maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarining kasbiy koʻnikmalari va o‘quv samaradorligini oshirish maqsadida turli mahorat darslari tashkil etishayotganidan xabardorsiz. Ustozlar bu bilan kifoyalanmay, ezgu tashabbusni boshlab, “Yashil makon” umummilliy harakatiga o‘z hissasini qo‘shdilar.
Professor-oʻqituvchilar Oltinsoy tumanida joylashgan 24-umumta’lim maktabi hududidagi yer maydonlarini ekin-tikinga tayyorladilar. Daraxtlar ostini oqlab, bo‘sh maydonlarga esa mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekdilar. Mana shunday sa’y-harakatlar o‘quvchi-yoshlar uchun eng yaxshi ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilishi aniq.

Muxammad Xudoyberdiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun