Tarixning tilsiz tilsimlari

Date:

Boysun nafaqat tabiiy iqlimi, balki boy tarixiy merosi, o‘ziga xos udumlari, turmush tarzi, hotto turfa an’analari bilan bir-birini aslo takrorlamaydi. Shu bois ham uni Boysunga tashrif buyuruvchi mehmonlar soni yil sayin ko‘paymoqda. Shuningdek, bu yerda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, g‘orlar, daraxtlar tepaliklar, tog‘lar, chashma-yu, buloqlar bor va har biri o‘z tarixiga ega. Ko‘pgina ziyorat joylarimiz aholi o‘rtasida “Shahid” mozor nomi bilan mashhur. Bu kabi ziyoratgohlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Uzundara” arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Sayrob” mahallasida Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etildi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi hunarmandchilik ishlaridan tortib, xalq og‘zaki ijodini bugungi kunda asrab avaylashimiz va ularni kelajak avlodga busbutun yetkazish zimmamizdagi vazifadir.
Boysun tuman axborot kutubxona markazida yoshlarga Boysun tarixi haqida ma’lumotlar olishlari va o‘rganib borishlari uchun “Boysun jannatmakon yurt” kanali o‘z ish faoliyatini boshlagani ham tug’ilib o’sgan vatani haqida yetarlicha ma’lumot berishga xizmat qiladi.

Manzura Raxmonova,
Tuman Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun