Hamkorlik samara bermoqda

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va raqobatbardosh kadrlar qilib tarbiyalash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam ilmiy-metodik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-438-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tomonidan Oltinsoy tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan o‘zaro ilmiy, o‘quv-metodik hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, fanlarni chuqur o‘qitish va yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirish kabi bir qator maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan maktabda muntazam ravishda ochiq darslar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya tajribalari hamda fan to‘garaklari tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlar orqali o‘quvchilar kimyo fanining nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirish bilan birga, ilmiy izlanishlarga qiziqish bildirishmoqda.
Shu bilan birga, institut mutaxassislari tomonidan maktab o‘qituvchilari uchun metodik seminar va treninglar o‘tkazilib, zamonaviy dars ishlanmalari, innovatsion yondashuvlar, STEAM elementlari asosida dars berish uslublari bilan yaqindan tanishtirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, maktabda ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarni fan olimpiadalari va ijodiy tanlovlarga puxta tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari nafaqat ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga, balki ilm-fan sohasida salohiyatli yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

X.Karimov,
D.Yoʻlliyev,
G.Ruziboyev,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun