Grant olishga tayyormisiz?

Date:

Xabarlaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2024-yildagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-son farmoni asosida “Yangi O‘zbekistonda yangi islohotlar”ning yana bir yo‘nalishi, nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qator yangiliklar joriy etildi. Endi davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar uchun munosib loyihalarni tanlab olish sifati va shaffofligini oshirish maqsadida sohadagi institutsional o‘zgarishlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Farmonga muvofiq Parlament huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va uning hududiy filiallari tashkil etilib, ijtimoiy loyihalarning manzilliligini ta’minlanishiga asos yaratildi. Joriy yilning mart oyida Parlament komissiyasining qaroriga asosan senatorlar, deputatlar hokimliklar, xalq qabulxonalari va mahalliy kengashlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar viloyatlarda bo‘lishib, dolzarb muammolarni o‘rganishdi.
Navbatda esa e’lon qilinadigan grant va ijtimoiy buyurtmalar tanlovlarida ishtirok etish masalasi kun tartibida turibdi. Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushirildi.
Avvalgi tartibda tanlovlarga arizalar yozma ravishda pochta orqali yuborilib, kelgan kelmaganligini aniqlash, takliflarni ko‘rib chiqish jarayoni haqida ma’lumot olish masalasi qiyin bo‘lardi.
Joriy yildan boshlab har bir talabgor tashkilot o‘zining elektron raqamli imzosi (ERI) bilan “ngo.gov.uz.” elektron portali orqali dasturga kirib, grant va ijtimoiy buyurtmalar tanloviga ariza berishi mumkin va arizasi bo‘yicha ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib bora oladi.
“ngo.gov.uz.” elektron portali bilan ishlash va arizalarni kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondining hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar Milliy assotsiatsiyasining Surxondaryo viloyat bo‘linmalarida o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Talabgor nodavlat tashkilotlar, OAV hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillariga murojaat qilishlari mumkin.
Sohaga oid barcha yangiliklar va o‘zgarishlar haqida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining hamda viloyat bo‘linmasining ijtimoiy tarmoqlardagi telegramm kanallari orqali kuzatib borish mumkin.

N.Jumayev,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondining Surxondaryo bo‘linmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun