Bolajon shoir edi

Date:

Surxon vohasidan el olqishiga sazovor bo‘lgan ko‘plab taniqli ijodkorlar yetishib chiqqan. Shubhasiz, ularning orasida iste’dodli bolalar shoiri Boltajon Sodiqovning ham munosib o‘rni bor. Boltajon Sodiqov 1932 Sherobod tumanining tog‘li Zarabog‘ qishlog‘ida tug‘ilib, ota-onasidan yetim qolganligi sababli tumandagi 4-, 10-, 13-son Bolalar uylarida tarbiyalandi. B. Sodiqov yetti yillik maktabni tamomlagach, Termiz shahridagi pedagogika bilim yurtida tahsilni davom ettirdi. O‘tkir zehni va tirishqoqligi tufayli o‘qish bilan bir paytda 13-Bolalar uyida avval tarbiyachi, keyinchalik tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida ishladi.
Bilim yurtini a’lo baholarga bitirgach, oliy ta’limda tahsilni davom ettirdi. B. Sodiqovning ijodkorlik qobiliyati oliy ta’lim sohasida qo‘l keldi. Uzoq yillar Termiz davlat unversitetida faoliyat ko‘rsatdi. Bu yillar mobaynida u haqli ravishda kafedra mudiri lavozimi hamda pedagogika fanlari nomzodi va professorlik ilmiy darajasiga erishdi.
B. Sodiqov ish faoliyati davomida ijod va ta’limni uyg‘un holda olib bordi. Uning she’rlari “Surxon kuylari”, “Osmondagi darvoza”, “Pesnya dlya detey”, “Qo‘ng‘iroqcha”, “Maktab qo‘shig‘i”, “Boychechak”, “Qirq oyoqqa qirq paypoq” kabi jamoaviy to‘plamlarga kirgan. Shuningdek, “Malik va ilik”, “Ahil bolalar”, “Tadbirkor bola”, “Sehriston”, “Surxonim” kabi kitoblari xalqimiz tomonidan zo‘r mamnuniyat bilan kutib olindi. “Zarabog‘ tongi”, “Armon”, “Sehriston”, “Lu va Li haqida ertak” dostonlari, “Olisdagi shu’lalar”, “Bolalikning qayg‘uli qo‘shig‘i” qissalari muallifidir.
Viloyat Bolalar kutubxonasida Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulsara Mamarasulovaning tashabbusi bilan o‘quvchilar ishtirokida bolalar shoiri Boltajon Sodiqovni xotirlash maqsadida ijodkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan adibning ijod namunalari o‘qib eshittirildi. O‘quvchilar tomonidan aytilgan she’r, ijro qilingan qo‘shiq va raqs barchada iliq tassurot qoldirdi.

Mayago‘zal CHORIYEVA,
Termiz shahar 10-maktab o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun