Iqtisodiy samarador jihatlari oʻrganildi

Date:

Ko‘mir sanoati — energiya resurslariga bo‘lgan talabni qondirishda muhim ahamiyatga ega tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, katta ko‘mir zaxiralariga ega bo‘lgan Surxondaryo viloyatida sohani rivojlantirish maqsadida ochiq va yopiq usulda ko‘mir qazib olish loyihalariga investorlarni jalb etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida boʻlib, “To‘da” mahallasida joylashgan “Boysun Ko‘mir” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘mir qazib olish loyihasi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida “Boysun Energy”, “Humo Lift”, “Sand and Gravel”, “Basalt Woll”, “Turon Gold Business” va “Gold Plaza” kabi korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan sanoat loyihalari taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida tumanning “Xo‘jabulg‘on” mahallasida “Sherobod Humo Quruvchi Invest” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi va xizmat ko‘rsatish nuqtalari loyihasi bilan ham tanishuv bo‘lib o‘tdi.

Loyihalarning ijrosi, ularning iqtisodiy samaradorligi, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda hudud infratuzilmasiga qo‘shadigan hissasi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Oldingi sahifa24/7 rejimda…
Keyingi sahifaHuquqi eʼtirof etildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun