YOSHLAR – XALQIMIZNING, VATANIMIZNING OLTIN FONDI

Date:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 14-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lgan ochiq muloqoti nafaqat bugunning, balki kelajakning ham tarixiy lahzasiga aylandi! Uchrashuvda davlatimiz rahbari so‘zining avvalida azmu shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko‘rayotganini hamda bugungi kunda yoshlarimizning turli sohalardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdilar.
Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etilishi katta voqelik bo‘ldi. Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitilishi, xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinishi hamda har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yosh dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab berilishi hamda yoshlarning tashabbus va imkoniyatlaridan kelib chiqib, “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatining yo‘lga qo‘yilishi yoshlarning olqishlari bilan qarshi olindi.
Muloqat davomida davlatimiz rahbarining kuyunchaklik bilan bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tganini, shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi. Shu bois, mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.


Nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi. Darhaqiqat, ochiq muloqat tarzida kechgan uchrashuv yurtimiz yoshlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik bugun har qachongidan ham ustuvor vazifaga aylanganligidan dalolat beradi.
Kelajagimiz vorislarining o‘qib izlanishi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallashi, jamiyatning faol a’zosi sifatida mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Zero, ular ertangi kunimiz poydevori, orzu-umidlarimiz davomchilaridir.
Hurmatli Prezident, biz yoshlar sizning rahbarligingizda, biz nafaqat o‘z qobiliyatlarimizni rivojlantirish, balki yurtimizning kelajagini qurish yo‘lida ishtirok etish imkoniyatiga egamiz. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslaringiz bizga yangi orzular va maqsadlar sari yo‘l ochmoqda. O‘zbekistonning yuksalishi uchun barchamiz birgalikda mehnat qilishga tayyormiz. Sizning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bizni yanada kuchliroq va qat’iyatliroq qiladi. Kelajakni yanada yorqinroq qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha kuchni sarflaymiz.
Biz sizning ishonchingizni oqlash, yurtimizni yanada rivojlantirish uchun barcha kuch-g‘ayratimizni sarflashga tayyormiz. Sizning rahbarligingiz ostida, kelajakda O‘zbekistonni yanada yuksaltirishda biz yoshlar o‘z o‘rnimizni topamiz.”
Kelajakda, albatta, Ulug‘beklar, Xorazmiylar, Beruniylar yetishib chiqishi uchun Termiz davlat universiteti mustahkam zamin bo‘lsa, ajab emas!

Jamshid NAZAROV
TerDU tyutori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun