Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Date:

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga kirish uchun imtihon topshirishi, xorijiy til va fan sertifikatlarini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi imkoniyati yaratilmoqda. Shuningdek, armiyada askarlar 3–6 oylik kasbga tayyorlash dasturlarida ishtirok etib, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tganlar sertifikatga ega bo‘ladi.

Yoshlar “Bir million dasturchi” va “Besh million sun’iy intellekt yetakchisi” kabi dasturlarda o‘qitiladi, oliygohlarga kontrakt asosida kirganlar esa foizsiz ta’lim krediti bilan ta’minlanadi. Bandlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun davlat kredit xarajatlari, test ballari imtiyozlari hamda kasb sertifikatlarini qoplash amaliyoti joriy etildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar o‘rtasida an’anaviy va zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek Oliy bosh qo‘mondon sovrini uchun kitobxonlik tanlovlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu chora-tadbirlar harbiy xizmatni o‘tash jarayonini yanada foydali va ijtimoiy ahamiyatli qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun