Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

Date:

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Reklama TV, radio, gazeta va jurnallar, onlayn platformalar va ijtimoiy tarmoqlar, bilbordlar, tashqi reklama hamda xorijiy internet platformalari va mobil ilovalarda amalga oshirilishi mumkin.

Davlat xarajatlarning 50 foizdan 100 foizgacha qismini qoplaydi, biroq yillik limit 250 million so‘mdan oshmasligi belgilangan. Mablag‘lar Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Ushbu chora korxonalarni mahsulotlarini keng targ‘ib qilish va ichki bozorda raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xorijga ishga yuborish xususiy agentliklar zimmasiga o‘tadi

O‘zbekistonda fuqarolarni xorijga ishga yuborish vazifasi kelasi yildan to‘liq...

Surxondaryo agrobiznesi Ispaniya ishbilarmonlari e’tiborida

Toshkentda o‘tkazilgan “Ispaniya – Markaziy Osiyo – Ozarbayjon” formatidagi...

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...
KunTun
KunTun