Imkoniyat yaratgan tadbirkor

Date:

Angor tumanidagi “Gulzor” mahallasida faoliyat olib borayotgan “Art Design Sofia” mas’uliyati cheklangan jamiyati ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkorlik yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Korxona rahbari, I guruh nogironi Sofiya Mahmadmurodova tashabbusi bilan bugungi kunda tumandagi 53 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs kasanachilik asosida doimiy ish bilan ta’minlangan.

Loyiha doirasida korxonaga davlat tomonidan 156 million so‘m miqdorida subsidiya ajratilib, ushbu mablag‘lar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, zamonaviy uskunalar xarid qilish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, bugungi kunda korxonada faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarga homiladorlik va tug‘ruq nafaqalari Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali to‘lanayotgani tadbirkorlar uchun muhim qulaylik hisoblanadi.

Mazkur tashabbus nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ularni jamiyatga faol integratsiya qilish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun