Ustama olishda yangi tartib

Date:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Vazir jamgʻarmasidan ustama berish tartibiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Hukumatning yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Unga koʻra, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga daʼvogarlik qilishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun tashkil etiladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi. Bunda malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod keyingi bosqichga nomzodlar sifatida tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).
2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar esa joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlanadi. Yanva-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilayotgan murojaatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal, Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun