“Kambag‘allikdan farovonlik sari”

Date:

Bandixon tumanida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholini ish bilan ta’minlash, aholi tomorqalaridan ekin ekib, daromad olish uchun barcha e’tibor tomorqaga qaratilgan. Tuman hududi asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. Shu sababli bugun tomorqamizga ekin ekib daromad olishga barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Tuman prokurori B.Toshpulatov tashabbusi bilan 2-sektor hududida “Bektepa” mahallasidagi ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarning daromad olishi uchun tomorqasiga 1,5 sotix issiqxona qurilib, har biriga 20 donadan limon ko‘chatlari va 250 donadan bulg‘or qalampiri ko‘chatlari ekildi. Ushbu oilalarning daromadini yanada oshirish maqsadida 25 donadan maxsus qo‘ziqorin urug‘lari joylashtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Shijoat maydoni”: yoshlar harbiy-sport sinovlarida bellashmoqda

Termiz umumqo‘shin dala poligonida Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida faoliyat...

“Ma’rifat ulashib”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashabbusi bilan yo‘lga...

Adabiyot va ijodkorlar muloqoti talabalarga ilhom bag‘ishladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida an’anaviy “Ma’rifat ulashib”...

Bahslar murosasiz kechdi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida...
KunTun
KunTun