Birdamlik ila mahalla obod

Date:

Vohamizda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ayni ishlar Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Guliston” mahallasida ham qizg‘in tus olgan. Shu bilan birga gulistonliklar hashar yo‘li bilan 70 ta xonadon uchun yangi transformator o‘rnatishdi. Bu esa elektr ta’minotining barqarorligini oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek, mahallada 17 ta yangi beton ustunlar o‘rnatilib, elektr uzatish tarmoqlari yangilandi. Ushbu ishlar mahalla aholisining farovon hayot kechirishi va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan.
Tashabbuskor va fidokor fuqarolar hashar yo‘li bilan ushbu ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Natijada, mahallaning infratuzilmasi yanada mustahkamlanib, aholining turmush sharoitlari yaxshilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun