Jabrlanganlarga nafaqa to‘lanadi

Date:

Hukumat qarori bilan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash tartibi” toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, endi jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga ijtimoiy himoyani taʼminlashga qaratilgan nafaqa turi tayinlanadi va ularga bir yoʻla toʻlab beriladi. Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlovchi organ hisoblanadi.

Hujjatga binoan, quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllashga asos boʻladi: halok boʻlganligi (vafot etganligi);

unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilganligi yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganligi;

unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganligi yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganligi;

mulkiy zarar yetkazilganligi.

Bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori quyidagicha boʻladi:

shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari har biriga teng ulushda — BHMning 100 baravari (37 mln 500 ming soʻm) miqdorida;

shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganda, nogironlik guruhiga koʻra:

I guruh — BHMning 80 baravari (30 mln soʻm) miqdorida;

II guruh — BHMning 70 baravari (26 mln 250 ming soʻm) miqdorida;

III guruh — BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming soʻm) miqdorida.

Nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:

ogʻir daraja — BHMning 35 baravari (13 mln 125 ming soʻm) miqdorida;

oʻrta daraja — BHMning 35 baravari (13 mln 125 ming soʻm) miqdorida;

sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja — BHMning 25 baravari (9 mln 375 ming soʻm) miqdorida.

Ijtimoiy himoya choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) uni taʼminlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozimligi belgilandi. Maʼlumot uchun, bir yoʻla beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi. Ushbu qaror 2025-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun