Sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Date:

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz ta’kidlagan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat organlari rahbar-xodimlari, saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” olib borilgan o‘rganishlari natijasida aholining iqtisodiy-ijtimoiy muammolari ham hal etilmoqda.
Muzrabot tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Koshona” to‘yxonasida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoya reyestrida ro‘yxatda turuvchi oilalarning 15 nafar farzandining sunnat to‘yi o‘tkazildi. To‘yda bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
To‘y bolalarning har biriga bosh-oyoq sarpo va sovg‘alar topshirildi. Tadbirda hozir bo‘lgan nuroniylar el-yurtga tinchlik-xotirjamlik, Vatan obodligi, xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochdilar. San’atkorlarning navolari davraga o‘zgacha fayz, bolajonlar va ularning yaqinlariga olam-olam zavq bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun