Atirgulchilikda Denov tajribasi

Date:

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Denov tumanidagi “Denov o‘rmon gullari” tomorqa xizmati kooperatsiya tomonidan amalga oshiriladigan atirgulchilik loyihasi bilan tanishdi. Umumiy maydoni 3 gektar bo‘lgan mazkur hududga 30 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, atirgulchilikka ixtisoslashtirilgan onalik bog‘lari barpo etilgan. Bu yerda hozirda Quva tumanidan keltirilgan 400 turdagi atirgul navlari ekilib, parvarish qilinmoqda.
Mas’ullarga ko‘ra, ushbu yer maydonidan 800 ming dona atirgul navlarini olish maqsad qilingan. Kelgusida bu navlarni na’matak ko‘chatlariga payvand qilib, qo‘shimcha 12 gektar yer maydoniga ekish, qolaversa, 800 ming dona atirgul ko‘chatlarini MDH davlatlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, harakatlar ko‘lami yanada kengayishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, loyiha uchun qo‘shimcha yana 50 gektar yer ajratiladi. So‘ng Belgiya va Gollandiyadan atirgul navlari keltirilib, qo‘shimcha bog‘lar barpo etiladi, biriktirilgan yoshlar ishtirokida navlardan onalik payvandtaglar yetishtiriladi va xaridorlarga yetkazib beriladi.
Ahamiyatlisi shundaki, bu loyihada yoshlar ishtiroki ta’minlanib, parvarish qilinayotgan gul navlari ko‘paytiriladi. Shuningdek, mazkur loyihani amalga oshirish davomida qo‘shimcha yana 120 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Atrofda bog‘lar, chamanzorlar barpo etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun