TerDUda “Fitnes klub” qurilmoqda

Date:

Bo‘sh vaqtni har kim turlicha o‘tkazadi. Mutolaa bilan band bo‘lish, nimalarnidir o‘rganish, foydali ishlar bilan band bo‘lish bekor o‘tirgandan yaxshi. Ayniqsa, sport bilan mashg‘ul bo‘lish vaqtni mazmunli o‘tishiga, jismonan chiniqishga yordam beradi. Shu ma’noda, mahalla guzarlarida, tashkilot va idoralarda ham sport maydonlari, fitness klublari tashkil etilgan.
Yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom hayot tarzida yashashlari uchun Termiz davlat universitetida fitness klubi tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. Bu esa ma’lum miqdordagi mablag‘ni talab etishi haqiqat. Ushbu loyiha ko‘p sonly talabalar tomonidan yoqlanib, Tashabbusli byudjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida o‘tkazilgan tanlovda eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi. Shundan keyin mablag‘ ajratilib, amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi va “Fitnes klub” qurilishiga start berildi.
Umumiy qiymati 1 milliard so‘m mablag‘ni tashkil etadigan obektda talabalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi. Universitet rektori stadion atrofida qad rostlayotgan har bir bino yoki tashkil etilayotgan vorkuat maydonchalari bir-birini to‘ldirib talabalar uchun qulaylik yaratishi, qolaversa binolarning tashqi ko‘rinishini ham kampusga uyg‘unlashtirish yuzasidan o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun