Elektrotexnika sanoati yanada rivojlantiriladi

Date:

 “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-20-son, 22.01.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Elektrotexnika sanoatini 2025–2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

2025-yil 1-fevraldan bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi. Korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralgacha bojxona bojidan ozod etiladi.

Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida elektron do‘kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi. Bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...

Uchrashuvdan ko‘ngillar shod

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev 44-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim...

Universitetda 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va...
KunTun
KunTun