Sinovlar qizg‘in kechdi

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlik rahbarlari bilan ikki bosqichli Surxondaryo viloyati namunasida «Eng yaxshi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlik o‘qituvchisi» musoboqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada shahar va tumanlarda g‘olib bo‘lgan 15 nafar ishtirokchi qatnashdi va 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi. 1-shartda saf tayyorgarligi, 2-shartda AK-74 qurolini noto‘liq qismlarga ajratilib, yig‘ildi. Keyingi shartda ishtirokchilar ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalarini belgilangan vaqtda kiyib yechgan bo‘lsalar, so‘nggi shartda sohaga oid test sinflardan sinovlar topshirishdi.
G‘oliblar Janbiy operativ qo‘mondonlik boshlig‘ining kubogi, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Akbar AHMEDOV ,
III darajali serjant, Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun