Taqdimot qizg’in kechdi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda hududlar va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham ilmiy-tadqiqot va amaliy yo‘nalishlarda qator loyihalarga start berilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universiteti Registrator ofisida sun’iy intellekt asosida yaratilgan axborot tizimlari va raqamli xizmatlar taqdimoti bilan tanishdi. Ayni paytda oliygohda 110 ta xizmat turi onlayn ko‘rsatilmoqda, shulardan 60 tasi mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatiga ega. Endilikda mazkur imkoniyatlar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yanada takomillashtirilmoqda.

Viloyat rahbari dasturchilar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ular orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish, shuningdek, turli tarmoq va sohalarga sun’iy intellekt yechimlarini keng tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, universitetda ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda oliygohning milliy va xalqaro reytingdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun