Jarima miqdori oshirildi

Date:

O‘tgan yil davomida yurtimizda 2200 dan ortiq inson YTHlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Afsuski, mast holda mashina boshqargani uchun jazolangan 8 ming haydovchi takroran qoidabuzarlik sodir etgan. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda senat tasdiqlagan qonun bilan mast holatda avtomobilni boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Birinchi marta qoidabuzarlik uchun jarima BHMning 25 barobaridan 40 barobarigacha oshiriladi (9,37 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha). Takroran qoidabuzarlik holatida 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, 2–3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Qonunga muvofiq, transportda «agressiv boshqarish», «drift» va «shaxmat» shaklida harakatlanish kabi qoidabuzarliklar uchun ham javobgarlik belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun