Ehtiyoj va talab

Date:

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalarga tayyorlash hamda xorijiy tillarni mukammal o‘rgatish bo‘yicha Surxondaryo viloyatida namunaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, politexnikum hamda kasb-hunar ta’lim muassasalarida ish beruvchilar ehtiyoji va xalqaro kompaniyalar talablariga mos yo‘nalishlarda o‘quv jarayonlari tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan xorijiy tillar kurslari va kasbga o‘qitish jarayonlari bilan tanishdi. Yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar hamda mas’ullarning bandlikni ta’minlash bo‘yicha taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslar taqdimoti bilan tanishildi. Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun