Gruziya delegatsiyasi Angorda

Date:

Gruziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili boshchiligidagi delegatsiya Angor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad — o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tajriba almashish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya a’zolari dastlab “Bahor” va “Ilg‘or” mahallalarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular bu yerda yetishtirilayotgan sabzavot, meva hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, mehmonlarga agrotexnika ishlari, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif davomida Gruziya va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, xususan, eksport salohiyatini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda agrar yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar Angor tumani qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni yuqori baholab, bu yo‘nalishda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun