Naqshbandiya yo‘lining yuragi

Date:

 Turkiya va Indoneziyada Surxondaryo viloyatining ziyorat va turizm salohiyati faol targ‘ib qilindi.

Turkiyaning Istanbul shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Naqshbandiya tariqatiga asoslangan ziyorat turizmi imkoniyatlari taqdim etilib, Surxondaryoning ma’naviy merosi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Jakartadagi Halol Turizm Yarmarkasida Surxondaryoning tasavvufiy markazlari va ziyoratgohlari xalqaro mehmonlarga tanishtirildi.

Ushbu targ‘ibot ishlari natijasida 2026-yilda Surxondaryoga 50 mingga yaqin ziyoratchi va sayyoh kelishi kutilmoqda.

Viloyatda joylashgan to‘rtta yirik ziyorat maskani — Xoja Alouddin Attor, Xoja Muhammad Zohid, Iso Termiziy va Imom At-Termiziy maqbaralari xalqaro e’tiborga tushib, Naqshbandiya tariqatining muhim manzillari sifatida tan olinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun