Tadbir qizg‘in tus oldi

Date:

Har qanday tadbir va tashabbusning ahamiyati, foydasi bo‘lar ekan, u e’tibordan chetda qolmaydi. Majburan ishtirok etish esa darrov zeriktirib qo‘yadi. Angor tumanida Milliy gvardiya tuman bo‘limi tashabbusi bilan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir esa yoshlar e’tiborini tortgani, qiziqtira olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Muhimi, tadbir balandparvoz fikrlar, uzundan uzoq va’zxonlikdan emas, tomoshaga kelganlarning-da ishtiroki bilan yanada qizg‘in tus oldi. Tadbirda yoshlar kamondan o‘q otishda o‘zlarining mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Arqon tortish musobaqasi esa jamoalarni chaqqonlikka chorladi. Muhimi, o‘tgan vaqt qiziqarli va maroqli kechdi.
Ayniqsa, stol tennisi va shaxmat-shashka shinavandalari ham yoddan ko‘tarilmadi, balki o‘zlarini sinab ko‘rishdi. Bundan tashqari, harbiy qurol-aslahalar bilan tanishuv esa barchani qiziqitirib qo‘ydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun