Mehnati ortidan daromad

Date:

Tomorqa rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbaidir. Shu bois ham bir qarich yerdan ham unumli foydalanib, yil davomida bir necha marotaba ekin ekib hosil olish mumkin.
Ana shunday mehnatkash ayollardan biri Manzura Tursunovadir. Manzura opa Angor tumanining “Xomkon” mahallasida istiqomat qiladi. Oila a’zolari bilan birgalikda tomorqasining 9 sotixida issiqxona tashkil qilgan. Issiqxonada kabachka, ya’ni qovoqcha — qattiq po‘stli qovoqlar guruhiga mansub sabzavot ekini ekilgan.
— Uch oy avval kabachka urug‘ini ekkanmiz, — deydi Manzura Tursunova. — Hozirda issiqxonamizga ekilgan 3000 tup kabachka hosilga kirgan. Bir kilogramini 25-30 ming so‘mdan sotyapmiz. Mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish va ichki bozorlarga sotish uchun xaridorlarning o‘zlari kelib olib ketishadi. Mehnatimiz ortidan yaxshi daromad olyapmiz. Farzandlarimiz bilan el dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida mehnat qilamiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun