Askar onalarini sharaflab

Date:

Har qanday muvaffaqiyatga erishgan insonlarning ortida ularni dunyoga keltirgan, kuch-quvvat va imkoniyat yaratgan ota-onalar turadi. Albatta, onalarni eng ko‘p e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan qator harbiy-vatanparvarlik tadbirlari orqali onalarga ham ehtirom ko‘rsatildi. Jumladan, “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusidagi tadbirlar harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun ota-onalar bilan diydorlashuv onlarini taqdim etdi.
Uzun tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarida ham ana shunday telemuloqot tashkil etildi.
Askarlikdagi farzandining bir yil davomida kuchga to‘lib, haqiqiy mard o‘g‘longa aylanganini ko‘rgan onalarning ko‘zlarida sevinch yoshlari qalqidi. Otalar ko‘ksi g‘ururga to‘ldi. Vatanimizga sodiq, mard va yurtparvar yigitlarni voyaga yetkazgani uchun onalarga minnatdorlik bildirildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xonandalarining vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan qo‘shiqlari dillarga quvonch baxsh etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun