Vazifalar aniq, ijrosi ildam

Date:

Qisqa muddatli ta’tildan qaytgan viloyat hokimi birinchi ish kunidanoq ishga kirishdi. Yo‘lga otlanib, shahrimiz bo‘ylab berilgan topshiriqlar ijrosiga qiziqdi. Birinchi manzil viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘lib, u yerning eski binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Shifoxonada bemorlarning davolanishi, yaqinlari uchun kutish zallarini zarur sharoitlar bilan ta’minlash, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab infratuzilmalarni yaxshilash, “yashil” hududlarni yaratish, yo‘l va yo‘laklarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Avvalgi berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.
Viloyat rahbari “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida ham bo‘lib, renovatsiya asosida turar-joylarni rekonstruksiya qilish, yangi loyihalar asosida ko‘p qavatli uy-joylar komplekslarini qurish ishlari bilan ham tanishdi. Qurilish ishlarining shaharsozlik talablari asosida amalga oshirilishi o‘rganilib, aholi uchun zarur infratuzilmalarni yaratish vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun