Aliment puli oldindan to‘landi

Date:

Oila darz ketsa, farzandlar taqdiri so‘roq ostida qoladi. Ota aliment to‘lashdan bosh tortadi yoki to‘lovlarni paysalga soladi. Holbuki, dunyoga keltirganimiz tirik jon, yeyman, ichaman deydi va yana boshqa xarajatlari chiqadi. Nahotki, bu holatga sovuqqonlik bilan qarash mumkin bo‘lsa…
Afsuski, ana shunday otalar ham bor. Qonun esa bunday otalarni insofga chaqirishga chorlaydi. Majburiy ijro byurosining Boysun tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra tumanning “Inkabod” mahallasida yashovchi Rustam Jo‘rayev 2021-yilning sentabr oyidan boshlab bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lab borishi belgilangan.
Qarzdor ota yillar davomida chet elda ishlab mo‘maygina daromad topib kelgan bo‘lsa-da, birgina yolg‘iz farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq aliment to‘lovchi otaning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanib, qarzdor ota bu haqida ogohlantirildi.
Ota xorijiy davlatga borish istagida ekanligini hamda o‘ziga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni so‘rab, Byuroning tuman bo‘limiga murojaat qildi. Va mavjud cheklovlarni bekor qilish uchun sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib, 18 million 600 ming so‘m aliment qarzdorligini hamda davlat ijrochilari tomonidan oldindan hisoblab berilgan 5 yillik aliment miqdori, ya’ni 97 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi. Shundan so‘ng, fuqaroning chetga chiqish huquqlari tiklab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun