Ortiqcha dahmaza

Date:

Nargiza katta-katta qadamlar bilan asabiy telefonda gaplashib kelardi:
— Ertalab kir yuvadigan mashinadan kiyimlarni olishni unutibman. Ishga kelib eslasam bo‘ladimi. Palakat!
Aksiga olganday, bugun ishim kech tugadi, bog‘chaga kelsam, uydagilari olib ketishdi dedi, erim mendan oldin ishdan chiqqan, shekilli. Hozir borsam, ovqat tayyor emasligini bahona qilib yana janjal chiqaradi.
— Uyda qaynonang yo‘qmi?
— E, so‘rama. O‘tgan kun qizinikiga ketgandi. Shu kampir ham menga ortiqcha dahmaza. Katta o‘g‘il alohida yashaydi deb tekkandim, qayoqda… Bo‘pti, dugonajon, yana telefon qilaman. Uyga kep qoldim.
Aloqa uzildi. Nargiza erining g‘azabiga qarshi aytadigan gaplarini o‘ylab biroz sekinlashdi, qarasa uy oldida erining mashinasi ko‘rinmadi. Uyga kirsa kir mashinada qolib ketgan kiyimlari dorda ilingan, bolalari hovlida koptok tepishardi. Oshxona tomondan chiqayotgan palovning hidi esa butun hovliga tarqab ulgurgan edi.

Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun